Kataloniyada namoyish uyushtirayotganlar mustaqillik e’lon qilinishini olqishlar bilan kutib olishdi. Kataloniya bosh maydonida referendum natijalari hisobi xalqaro mediamarkaz tomonidan hisoblab borildi. Jeneralitet rasmiy vakili Jordi Turul Kataloniya mustaqilligi uchun referendumda ishtirok etgan katalonlarning umumiy soni ikki million ekanligini e’lon qilganda olomon xursandchilikdan oyoqqa qalqdi. “Mustaqillik!” xitobi va qarsaklar bilan barcha referendum natijalarini qarshi oldi. Sodir bo‘layotgan voqealar fonida sayyohlar va jurnalistlar mahalliy aholi bilan rasmga ham tushdilar.
1 oktyabr sanasida kataloniyaliklarning 90 foizi mustaqillik uchun ovoz berdi. Referendum kuni mingdan ortiq kataloniyaliklar ispan politsiyasining xatti-harakatlaridan jabr ham ko‘rdi. Garchi Ispaniya bosh vaziri tartib posbonlari qonun doirasida harakat qilganligini ta’kidlagan bo‘lsa-da, matbuot va internetda tarqalgan videoxabarlar bosh vazirning iddaolarini shubha ostiga olmoqda. Shuningdek, bosh vazir referendum natijalarini umuman e’tiborga loyiq ko‘rmasligini ham aytib qolishga ulgurdi. Kataloniyadek viloyatni qo‘ldan chiqarib bo‘ladimi? Ispan qirolligi va rasmiy Madrid uchun bu ulkan yo‘qotish emasmi? Nima bo‘lganda ham, hali tan olinmagan bo‘lsa-da dunyo siyosiy xaritasida Kataloniya deb nomlanadigan yangi davlat paydo bo‘lish arafasidamiz. Mustaqillik g‘oyasi ijtimoiy kelib chiqishi, diniy qarashlari turlicha bo‘lgan katalonlarni birlashtirdi.
Kataloniyadagi referendum va mustaqillik borasida turli fikrlar bildirilyapti. Rossiya kabi ayrim yirik davlatlar Ispaniya birdamligini qo‘llab quvvatlashini ta’kidlashmoqda. (Rossiya Federatsiyasi tarkibida Checheniston, Tatariston va Dog‘iston kabi federatsiya sub’ektlari mavjud ekanligini hisobga olsak, albatta, himoya qilishi ayon bo‘ladi). Ammo katalonlarning mustaqillik uchun ovoz berganligiyu va mustaqillikni tanlaganliklari ularning huquqlari ham ekanligini nazardan qochirib bo‘lmaydi. Kataloniya uylari derazalarida hilpirayotgan katalon bayroqlari harakat aynan Mustaqillik uchun bo‘lganligini ham ko‘rsatib turibdi va katalonlar o‘lkasining har bir fuqarosi mustaqil bo‘lishni azaldan istaganliklarini o‘z nigohlari bilan ham namoyish qilib turishibdi. Kataloniyadagi referendum natijalari aks-sadosi Fransiya janubida istiqomat qilayotgan katalonlarni ham sevintirdi. Namoyishlarda ishtirok etayotgan minglab odamlar demak mustaqillikni istagan… Bu axir ularning xohishi emasmi?
Endi navbat Kataloniya hukumati va qonunchilik palatasi referendum natijalarini amalda himoya qila oladilarmi yoki yo‘qmi — aynan shu masala favqulodda qiziqdir. Nazarimizda, katalon hukumati bunga tayyor. Rasmiy Madrid bunga qarshi javob tariqasida Kataloniyaga qo‘shin kiritishdan cho‘chiydimi? Setsessionistlarni g‘alabasi basklar o‘lkasida, Shotlandiyada, Shimoliy Irlandiyada, Iroq Kurdistonida mustaqillik kayfiyatini jonlantirsa hayron qolishning keragi yo‘q.
Nazarimizda, globalizatsiya parchalanishga sababchi bo‘layotgandek. Birdam Yevropa parchalanib ketsa ham aslo hayron bo‘lmang. Chunki Yevropa Ittifoqida mustaqil bo‘lishga intilayotgan xalqlar hali anchagina.
Manba: Sof.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda