14:52 / 20.11.2015
5 231

Mali poytaxtidagi mehmonxonaga hujum uyushtirildi, otishmalar davom etmoqda

Mali poytaxtidagi mehmonxonaga hujum uyushtirildi, otishmalar davom etmoqda

Qurollangan noma’lum shaxslar Mali poytaxti Bamako shahrida joylashgan Radisson Hotel Bamako mehmonxonasiga hujum qildi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

«Hodisa ettinchi qavatda ro‘y berdi, jangarilar yo‘lakda o‘t ochdi», — dedi Agence France-Presse agentligiga Mali xavfsizlik kuchlaridagi manba.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari 190 ta xonasi bor mehmonxonani qurshab olgan. Hozirgi vaqtda mehmonxonada otishmalar davom etmoqda.

Reuters’ning xabar berishicha, noma’lum shaxslar mehmonxonadagilarni garovga olgan bo‘lishi mumkin.


Manba: Daryo.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Mali poytaxtidagi mehmonxonaga hujum uyushtirildi, otishmalar davom etmoqda
[/banner_pushhouse