date
views 1 141

“Real”ni vaqtinchalik kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi

“Real”ni vaqtinchalik kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi
Madridning «Real» klubi rahbariyati jamoaning Yevropa Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklari va La Ligada peshqadamlikni «Barselona»ga boy bergani sababli bosh murabbiy Karlo Anchelottini lavozimidan ozod qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Italiyalik mutaxassis o‘zining mavsum oxirigacha ishini davom ettirishi va shundan so‘ng rahbariyat bilan kelgusi rejalar haqida muzokara olib borishini ma’lum qilgan edi.

Biroq, «Real» klubi rahbariyati 65 yoshli murabbiyning iste’fosi yuz bergan taqdirda jamoani vaqtincha kim boshqarishini aniqlab olgan.

Sport.es nashrining xabar berishicha, bunday vaziyatda «Real»ni klub direktorlaridan biri bo‘lgan Santyago Solari boshqarib turadi. Ma’lumot uchun, Solari 2018 yil kuzida ham «Real» bosh murabbiyi Xulen Lopetegi iste’fosidan keyin jamoani vaqtinchalik boshqargan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”ni vaqtinchalik kim boshqarishi ma’lum bo‘ldi