date
views 925

Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning bugungi mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning bugungi mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?
Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan so‘ng farg‘onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bir nima deyish qiyin. "Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman, ular g‘alabaga loyiq edi. Raqib bizni mag‘lub etgani yo‘q, biz o‘zimiz o‘yinni yutqazib qo‘ydik, sababi dastlabki goldan tashqari qolgan barcha uchta gol o‘zimizning xatolarimiz tufayli bo‘ldi. To‘pni yo‘qotish va noto‘g‘ri paslar. Raqib tartibli o‘ynadi va xatolarni kutdi. Afsuski, biz ko‘p marotaba to‘plarni yo‘qotdik va raqib ushbu yo‘qotishlardan unumli foydalandi va gollar urdi. Biz "Paxtakor"ning bunday tartibli o‘yiniga tayyor emas edik" - deya fikr bildirdi Vitaliy Levchenko bugungi bahs haqida.

- Birinchi bo‘limda "Neftchi" "shok" holatiga tushib qoldi. Futbolchilarni almashtirish orqali ushbu vaziyatdan chiqish ketish bo‘yicha chora ko‘rishingiz mumkin edimi?
- Birinchi taymning o‘zidayoq bunday qaror qabul qilish noto‘g‘ri bo‘lardi, menimcha. Biz bugun futbol o‘ynamoqchi edik. Maydon markazida xatolarga yo‘l qo‘ydik va raqib bundan foydalandi. Biz raqibga bo‘shliqlarni taqdim etdik. O‘yin davomida futbolchilarni o‘zgartirish ruhiy jihatdan noto‘g‘ri bo‘lar edi. Tanaffusda esa qilgan xatolarimizga to‘xtalib o‘tdik va yangi futbolchilarni maydonga tushirdik. Yigitlarga ochiq zonalarni yopish kerakligini aytdim. Tanaffusdan keyin esa "Paxtakor" hisob bo‘yicha o‘ynadi va o‘yin mantiqiy yakuniga yetdi. O‘z xatolarimizni ko‘rib chiqamiz va xulosaga kelamiz. Vaziyatni o‘nglab olish va xulosa qilish uchun, bir marotaba 0:4 yoki 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan yaxshi. Umid qilamanki, biz xatolarimizdan xulosa chiqaramiz.

- Darvozabon raqib yo‘llagan zarbalarni bartaraf etishi mumkin edimi?
- Bizda darvozabonlar bo‘yicha murabbiy bor. Men aybni hech kimga yuklab qo‘ymoqchi emasman. Barchasi uchun bosh murabbiy javobgar. Hozir barchasini tahlil qilib chiqishimiz kerak, kimdirga e’tiroz bildirish yoki xato qilganlikda ayblash noto‘g‘ri. Hissiyotlarga berilgan vaziyatda bunday qilib bo‘lmaydi. Muxlislarimizdan uzr so‘rayman, ular jamoani yaxshi qo‘llab-quvvatlashdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning bugungi mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?