
Italiya A Seriyasi 33-tur doirasidagi "Roma" — "Verona" o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Mezbonlarning o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov o‘yinni asosiy tarkibda boshladi (82-daqiqada almashtirildi) va 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. Forvard Sulening ajoyib uzatmasidan so‘ng raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Hamyurtimizning ushbu goli o‘yinda yagonaligini saqlab qoldi va Rim klubiga 3 ochkoni taqdim etdi. "Roma" ushbu g‘alabadan so‘ng vaqtinchalik oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Milliy terma jamoamiz sardorining ushbu o‘yindagi harakatlarini ko‘plab mashhur saytlar baholashdi. Fotmob sayti vakilimizni 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, yana bir mashhur nashrlardan biri hisoblangan Flashscore sayti esa hamyurtimizga 7.3 ball berdi.
Ushbu o‘yin yakunlanganidan so‘ng sofascore portali tomonidan esa har ikki jamoa futbolchilarining xatti harakati quyidagicha baholandi:


Eldor ShomurodovRoma VeronaItaliya AseriyasiFutbol O‘yiniG‘alaba O‘rniBall O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing