date
views 157

O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 20 aprelda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 21 aprelda 22-27 daraja, 22-23 aprelda 24-29 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 20 aprelda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 22 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 23 aprelda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 24-29 daraja, bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 21-22 aprelda kechasi 7-12 daraja, kunduzi 20-25 daraja, 23 aprelda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 21 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 22-27 daraja, 22 aprelda kechasi 8-13 daraja, kunduzi 24-29 daraja, 23 aprelda kechasi 9-14 daraja, kunduzi 24-29 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlari

Havo bir oz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi