Dubay shokoladi pista narxini keskin oshirdi

1 daqiqa o'qish526
Dubay shokoladi pista narxini keskin oshirdi
Financial Times nashri xabar berishicha, Dubay shokoladiga bo‘lgan global talab keskin oshgani tufayli butun dunyoda pista tanqisligi yuzaga kelgan va uning narxi sezilarli darajada oshgan. Bir yil oldin 1 funt pista yadrosi 7,65 dollar bo‘lgan bo‘lsa, hozirda u taxminan 10,30 dollarga yetgan (130 000 so‘mdan 175 000 so‘mgacha).

CG Hacking kompaniyasining vakili Jayls Hakingning aytishicha, “pista bozori hozirda deyarli qurib qolgan”. AQShda o‘tgan yilgi hosil muvaffaqiyatsiz bo‘lgan va bu mamlakat pista eksportida muhim pasayishlarga sabab bo‘lgan.

AQShda yetishtirilgan pistalar odatda yuqori sifatli bo‘lganligi bois, shokolad sanoatida ishlatiladigan arzon yadrolar kam ishlab chiqarilgan. Aynan shu vaqtda bozorda "Dubai Chocolate" nomli mahsulot paydo bo‘lib, shokolatchilar barcha mavjud pistalarni sotib olishga kirishgan, bu esa global ta’minotda keskin kamayish keltirib chiqargan.

Eron Bojxona xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil martgacha bo‘lgan 6 oy ichida Erondan BAAga pista eksporti 40 foizga oshgan. Bu holat 2023 yildagi holatdan keskin farqlanadi, o‘shanda pista ortiqcha bo‘lib, narxlar arzonlashgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?