date
views 213

Putin Pasxa munosabati bilan 30 soatlik otashkesim e’lon qildi

Putin Pasxa munosabati bilan 30 soatlik otashkesim e’lon qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan urushda Pasxa bayrami munosabati bilan 30 soatlik otashkesim e’lon qildi. Bu haqda u RF qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Gumanitar nuqtayi nazardan, bugun soat 18:00 dan boshlab, yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi – soat 00:00 gacha Rossiya tomoni Pasxa tanaffusini e’lon qiladi. Bu vaqt davomida barcha harbiy harakatlarni to‘xtatishni buyuraman”, – dedi Putin.

Rossiya prezidenti Ukraina tomoni “Rossiyadan namuna olishiga” umid bildirdi. Shu bilan birga, u Rossiya qo‘shinlari ehtimoliy provokatsiyalarga va otashkesimning buzilishiga tayyor turishi kerakligini ta’kidladi.

Putin shuningdek, AQSHning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Ukraina tomoni hozircha ushbu tashabbusga munosabat bildirmagan.

Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbidan Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha taklifiga “shu hafta oxirigacha” javob olishni kutayotganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH vositachiligida Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetika obyektlariga zarba bermaslik bo‘yicha kelishuv bo‘lib, u 18 martdan 18 aprelgacha davom etgan edi. Mazkur muddat davomida ikki tomon ham kelishuvni buzganlikda bir-birini ayblab kelgan.

Siz nima deb o‘ylaysiz: 30 soatlik otashkesim – haqiqiy tanaffusmi yoki navbatdagi strategik manevr?
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Pasxa munosabati bilan 30 soatlik otashkesim e’lon qildi