
Italiya A Seriyasining 33-turidan o‘rin olgan bahsda "Roma" o‘z maydonida "Verona" klubi bilan to‘qnash kelib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu bellashuvni milliy terma jamoamiz sardori Eldor Shomurodov dastlabki daqiqalardan boshlab, 4-daqiqada hisobni ochdi. Mazkur gol uchrashuv taqdirini hal qildi va rimliklarga muhim 3 ochkoni taqdim etdi.
Hamyurtimizning bo‘lib o‘tgan uchrashuvda qayd etgan statistikasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Daqiqa - 82
- Darvozaga yo‘llangan aniq zarbalar - 1/1
- Dribling urinishlari – 0/5
- To‘pga teginishlar soni - 34
- Uzatmalar aniqligi - 15/17 (88%)
- Keskin uzatmalar - 0
- Uzoq masofaga uzatmalar – 0/1
- Yakkakurashlar – 1/7
- Ikkinchi qavatdagi kurashlar - 1/6
- Qoida buzarliklari – 1
- Unga nisbatan qoida buzilishi – 1
- To‘p tortib olish – 0
- XG - 0.99
Eldor Shomurodov ushbu harakatlari bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar