
Xitoyning poytaxti Pekin shahrida ilk bor yarim marafon o‘tkazildi va tarixda birinchi marta odamlar robotlar bilan raqobatlashdi. The Global Times nashrining xabar berishicha, musobaqada ishtirok etgan robotlar orasida Tiyen Kung Ultra nomi bilan mashhur bo‘lgan odamsimon robot birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Marafonda 12 mingga yaqin odam va 20 ta robot qatnashdi. Milliy robototexnika markazi tomonidan yaratilgan Tiyen Kung Ultra marrani 2 soat 40 daqiqada bosib o‘tdi. Bu orada erkaklar o‘rtasidagi eng yaxshi natija 1 soat 2 daqiqa, ayollar o‘rtasida esa 1 soat 11 daqiqani tashkil etdi.
Qizig‘i shundaki, robotlarga ham insonlar kabi yo‘lda dam olish imkoniyati berildi. Odamlar dam olib, suv ichish uchun to‘xtaganda, robotlarning akkumulatorlari o‘zgartirildi, deb qayd etadi CNN.
Nashrning ta’kidlashicha, Tiyen Kung Ultra marafonni charchoq alomatlarini ko‘rsatmasdan yakunlagan. Musobaqa yakunida ko‘plab marafon ishtirokchilari robot-g‘olib atrofiga yig‘ilib, xotira uchun suratga tushishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar