
18 aprel, juma kuni Oq uy veb-saytida COVID-19 pandemiyasi haqida yangi sahifa paydo bo‘ldi. Unda SARS-CoV-2 koronavirusining tabiiy ravishda emas, balki inson tomonidan yaratilgani va Xitoyning Uxan shahridagi laboratoriyadan chiqib ketgani haqida dalillar keltirildi.
Hujjatda virusning «tabiatda mavjud bo‘lmagan biologik xususiyatlarga egaligi» ta’kidlangan. Shuningdek, bu virus oldingi pandemiyalarga o‘xshamaydi, chunki COVID-19 yuqishi uchun ko‘p marta emas, bir marta ta’sir qilishning o‘zi yetarli bo‘lgan.
Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, Uxan virusologiya instituti Xitoyda SARS viruslarini o‘rganish bo‘yicha yetakchi markaz hisoblanadi. Ushbu laboratoriyada virus genomini tahrirlash va uning xususiyatlarini o‘zgartirish bo‘yicha maxsus tajribalar o‘tkazilgan. AQSH rasmiylariga ko‘ra, institutning ayrim xodimlarida COVID-19'ga o‘xshash simptomlar 2019 yil kuzidayoq paydo bo‘lgan, bu esa virusning bozorda tarqalishidan ancha oldinroq sodir bo‘lgan.
«Agar SARS-CoV-2 virusi tabiiy ravishda kelib chiqqan bo‘lsa, bu haqdagi ma’lumotlar hozirgacha allaqachon e’lon qilingan bo‘lar edi. Ammo bunday ma’lumotlar yo‘q», — deyiladi Oq uyning veb-sahifasida.
Shu bilan birga, Oq uy Xitoy Kommunistik partiyasi bosimiga taslim bo‘lib, o‘z xalqaro majburiyatlarini unutgan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini (JSST) ham keskin tanqid qildi. Mazkur sahifada, shuningdek, AQSH prezidentining sobiq tibbiy maslahatchisi Entoni Fauchi ham virusning laboratoriyada paydo bo‘lgani haqidagi nazariyani obro‘sizlantirishga uringanlikda ayblanmoqda.
Xozircha Xitoy tomoni ushbu ma’lumotlarga rasmiy munosabat bildirmagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar