
AQSH Oq uyida Ukrainaga harbiy yordam berish bo‘yicha yangi paket haqida jiddiy muhokamalar "deyarli yo‘q", deb yozadi The New York Times nashri Kongressdagi Kiyev tarafdorlariga tayanib.
Ma’lum bo‘lishicha, Yevropa davlatlari ham AQSHdan razvedka ma’lumotlarini Ukraina bilan almashish davom etadimi, degan savolga aniq javob ola olmagan. Nashrning ta’kidlashicha, so‘nggi paytlarda Oq uy Ukraina bilan munosabatlarda «nima berishi haqida emas, balki nima olishi haqida ko‘proq o‘ylamoqda».
Bir kun avval AQSH prezidenti Donald Tramp mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar samara bermasa, Kiyevga harbiy yordamni to‘xtatishi mumkinligini aytgan edi. Davlat departamenti ham mojaroni hal qilish bo‘yicha harakatlarda ikki tomon hamkorlikka tayyor bo‘lmasa, Vashington yetakchilik qilmasligini ma’lum qilgan.
The Economist nashrining xabar berishicha, Trampning atrofidagilar Yevropaning Ukrainaga yordam berish harakatlaridan «charchagan».
Bundan avval Yevropa Ittifoqining diplomatiya rahbari Kaya Kallas 2025 yilda Yevropa Ittifoqi Ukrainaga avvalgiga nisbatan 15 foiz ko‘proq harbiy yordam berishini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar