date
views 3 753

Pedru Moreyra "Paxtakor"ning bugungi yirik g‘alabasi haqida nimalar dedi?

Pedru Moreyra "Paxtakor"ning bugungi yirik g‘alabasi haqida nimalar dedi?
Superliga 5-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Paxtakor" (0:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Pedru Moreyra matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Jamoam uchun qiyin hafta bo‘ldi. Futbolchilarim haqida turli gaplar eshitgandim. Biz birinchi bo‘limda yaxshi o‘yin namoyish etdik. "Neftchi" hali chempionatda mag‘lub bo‘lmagan edi. Raqibimiz o‘yinni nazorat qilishni yoqtiradigan jamoa. Maydonda biz imkon qadar tartibliroq o‘ynashga intildik. Kamroq xato qilish va to‘pga ega bo‘lganimizda vaziyatlardan foydalanishimiz. Biz har doim sifatli o‘yin namoyish etib kelmoqdamiz.

Bundan avvalgi o‘yinlarda, ayrim detallar tufayli mag‘lub bo‘lgandik. Bugun biz ahil jamoa bo‘la oldik. O‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimiz uchun jang qilishimiz kerak. Muxlislarimizga ham o‘zi xohlagan o‘yinni ko‘rsatib bera oldik. Mendan xafa bo‘lmaysizlar, bugungi savollaringizga javob bera olmayman. Bugungi g‘alabani shogirdlarim ishtiyoqi va xarakteri tufayli qo‘lga kiritdik. "Paxtakor" bugun o‘zini ko‘rsata oldi.

"Neftchi" ham juda sifatli jamoa. "Neftchi"ga ham omad tilayman", - deya fikr bildirdi portugaliyalik mutaxassis bugungi bahs haqida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Pedru Moreyra "Paxtakor"ning bugungi yirik g‘alabasi haqida nimalar dedi?
-->