
Milliarder Donald Trampni respublikachilar orasida qo‘llab-quvvatlash bir haftada 12 foizga pasaydi. Hozir u uchun 31 foiz saylovchilar ovoz berishga tayyor, deb xabar beradi «Kommersant.ru» Reuters ma’lumotiga tayanib.

Bu iyuldan buyon Tramp reytingidagi eng keskin pasayishdir. Bor-yo‘g‘i besh kun ichida uning reytingi 43 foizdan 31 foizgacha tushib ketdi (reytingning yuqori darajasi 22 noyabrda qayd etilgan edi).
Reytingning bunday pastlashini agentlik Donald Trampning Parijdagi hujumdan keyingi izohi bilan bog‘lamoqda. U AQShdagi musulmonlar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish to‘g‘risida fikr bildirgan edi.
Qora tanli neyroxirurg Ben Karsonning reytingi ham 15 foizga pasayganligi qayd etilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Tramp reytingi uning prezidentligi vaqtidagi maksimum darajaga yetdi

Trampning reytingi rekord darajada tushib ketdi

Trampning reytingi 11 oy ichida eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi

AQSHda Donald Tramp reytingi antirekord darajaga yetdi

Ishonch reytingi: Tramp yoki Putin?

Obama Putin va Saddam Husaynning reytingini qiyosladi