date
views 119

Sardor Mamadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi

Sardor Mamadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi
Adliya vazirligi tomonidan farg‘onalik shoir Ilhomjon Komilovga tegishli «Sevilmagan yor kerak menga» nomli she’r xonanda Sardor Mamadaliyev tomonidan huquq egasi ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-prim 1-moddasi (mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177-prim 1-moddasining birinchi qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida (750 ming so‘m) jarima jazosi tayinlangan.

Adliya vazirligi mualliflik huquqi buzilgan ijodkorlar 1008 ishonch telefoni orqali xabar berishlari yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor Mamadaliyev she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun jarimaga tortildi