date
views 544

Vinisius Junior «Real Madrid» tarixidagi rekord shartnoma arafasida turibdi

Vinisius Junior «Real Madrid» tarixidagi rekord shartnoma arafasida turibdi
«Real Madrid»ning braziliyalik yulduzi Vinisius Junior jamoa bilan yangi, rekord darajadagi shartnomani imzolashga yaqin qoldi. Bu haqda nufuzli «ESPN» nashri xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kelishuvga asosan Vinisius yiliga 20 million yevro miqdorida maosh oladi. Ispaniyada soliqlarning yuqori ekanligini hisobga olsak, jamoa futbolchi uchun yiliga taxminan 30 million yevro xarajat qilishga majbur bo‘ladi.

Agar ushbu shartnoma rasmiylashtirilsa, braziliyalik yulduz «Real» safidagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylanadi va shu orqali jamoaning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yana bir bor tasdiqlaydi.

Hozirgi kunda Vinisius Juniorning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lsa-da, yangi kelishuv 5 yil muddatga, ya’ni 2030 yilgacha uzaytirilishi rejalashtirilmoqda. Bu esa jamoaning kelajak rejalarida braziliyalik futbolchi markaziy rol o‘ynashi mumkinligini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius so‘nggi yillarda «Real Madrid» tarkibida muhim futbolchilardan biri sifatida shakllandi. Ayniqsa, uning maydondagi tezligi, texnik mahorati va natijali harakatlari jamoa uchun ko‘plab uchrashuvlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda.

Joriy mavsumda ham braziliyalik futbolchi o‘zining yuqori saviyadagi o‘yini bilan murabbiylar shtabi va muxlislarning e’tiborini qozongan edi. Shu bois, klub rahbariyati ham futbolchi bilan uzoq muddatli va yuqori darajadagi shartnoma imzolashga qaror qildi.

Zamin.uz tahririyati Vinisiusga yangi shartnoma imzolash va kelajakda jamoa bilan yanada ko‘p sovrinlarga erishishda omad tilaydi!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vinisius Junior «Real Madrid» tarixidagi rekord shartnoma arafasida turibdi