
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Buxoro shahrida uchta avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 12 may kuni soat 11:45 da «Fitrat» MFY, Mirakon ko‘chasida joylashgan avtoturargohda yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida viloyat FVBga xabar kelib tushgan. Voqea joyiga uchta yong‘in-qutqaruv avtoekipaji jalb qilingan va ular yong‘inni bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida Lacetti, Captiva va Nexia-2 rusumli avtomobillari qisman yongan.
«Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida fuqarolarning kuyish tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi», — deyiladi xabarda.
Foto: Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar