
Ispaniya chempionatining 35-turidagi "El Klasiko" bahsi muxlislarga haqiqiy futbol shohasarini taqdim etdi. "Barselona" va "Real" o‘rtasidagi to‘qnashuvda mezbonlar ajoyib kambek amalga oshirib, 4:3 hisobida zafar quchishdi.
O‘yinning eng yuqori bahosini 17 yoshli kataloniyalik yulduz Lamina Yamal (9.0 ball) oldi. Yosh iqtidor egasi bu o‘yinda bir gol urdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Real"ning asosiy yulduzi Kilian Mbappe ham maydonda o‘zini ko‘rsata oldi. Fransiyalik forvard xet-trik qayd etdi va o‘yin yakunida 8.8 ball bilan jamoasining eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.
Shuningdek, kataloniyaliklardan Ferran Torres (8.0 ball) uchta golli uzatma amalga oshirib, g‘alabaga ulkan hissa qo‘shdi. Pedri va Rafinya ham yuqori baholar bilan (7.7 va 7.5 ball) ajralib turishdi.
Madridliklar tarkibida Luka Modrich zaxiradan maydonga tushib yaxshi taassurot qoldirdi (7.2 ball). Venisius Junior ham faol o‘yini bilan 7.5 ballga loyiq ko‘rildi.

Biroq, Lukas Vaskes (5.9) va Dani Sebalos (5.5) bugungi bahsda ancha past baholar olishdi va murabbiy Karlo Anchelotti tomonidan almashtirildi.
Bu g‘alaba bilan "Barselona" mavsum yakuniga uch tur qolganida chempionlik masalasini amalda hal qildi. Kelasi turdagi "Espanol" bilan o‘yinda g‘alaba qozonsa, kataloniyaliklar muddatidan oldin chempionlikni nishonlashlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar