date
views 44

Sovet davrida uchirilgan «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulab tushdi

Sovet davrida uchirilgan «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulab tushdi
1972 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan fazoga uchirilgan «Kosmos-482» apparati Toshkent vaqti bilan soat 11:24 da Yer atmosferasining zich qatlamlariga kirib, Hind okeanida joylashgan O‘rta Andaman orolidan 560 kilometr g‘arbga qulab tushdi.

Bu haqda Rossiyaning «Roskosmos» kosmik agentligi rasman xabar berdi.

«Kosmos-482» fazoviy kemasi Sovet Ittifoqining Venera sayyorasini o‘rganishga qaratilgan sayyoralararo tadqiqot dasturi doirasida uchirilgan. Uning asosiy vazifalari orasida Venera sayyorasining zich atmosferasi, sayyora yuzasining tarkibi, yuqori harorat, bosim va yoritilish sharoitlarini o‘rganish bo‘lgan.

«Roskosmos» agentligining ma’lum qilishicha, kosmik apparat harakat blokida yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli Yer atrofidagi yuqori elliptik orbitada qolib ketgan va sekin-asta sayyoraga yaqinlashib, oxir-oqibat Yer yuzasiga qulab tushgan.

Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, bir muddat avval dunyo ommaviy axborot vositalari mazkur fazoviy qurilmaning Yerga qaytishi haqida ko‘plab taxminlarni ilgari surgan edi. Ayrim manbalar esa uning Markaziy Osiyo hududiga, shu jumladan O‘zbekistonga qulash ehtimolini ham istisno qilmagan edi.

Bugungi xabar bilan mazkur taxminlarga oydinlik kiritildi va «Kosmos-482» apparatining qulashi ko‘plab taxminlarga yakun yasadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sovet davrida uchirilgan «Kosmos-482» kosmik apparati Hind okeaniga qulab tushdi