
17 may kuni AQSHning mashhur Las-Vegas shahrida katta qiziqish uyg‘otayotgan "UFC Fight Night 256" turniri bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnir nafaqat jahon MMA muxlislari uchun, balki yurtdoshlarimiz uchun ham alohida ahamiyat kasb etadi. Sababi – o‘zbekistonlik MMA jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi jangida oktagonga ko‘tariladi.
Uning raqibi — mezbonlar vakili, tajribali UFC fayteri Dastin Shtolsfus bo‘ladi. Mazkur to‘qnashuv o‘rta vazn toifasida kechadi va turnirning asosiy kardidan joy olgan.
Asosiy karddagi to‘liq janglar ro‘yxati:
- Yarim o‘rta vazn: Gilbert Byorns – Maykl Morales
- Yarim og‘ir vazn: Pol Kreyg – Rodolfo Bellato
- Yarim yengil vazn: Sodiq Yusuff – Mayron Santos
- O‘rta vazn: Nursulton Ro‘ziboyev – Dastin Shtolsfus
- Yarim yengil vazn: Julian Erosa – Melkizael Kosta
Prelim janglar tartibi:
- Yengil vazn: Mateus Kamilo – Gabriel Grin
- Yengil vazn: Tiago Moyzes – Jared Gordon
- Yarim yengil vazn: Yadiyer Del Valle – Konnor Mettyus
- Ayollar o‘ta yengil vazn: Luana Santos – Taynara Lisboa
- Ayollar super yengil vazn: Deniz Gomes – Elis Rid
- Super yengil vazn: Karlos Ernandes – Yun Sun Pak
- Ayollar super yengil vazn: Luana Pineyro – Tisha Pennington
Ro‘ziboyev uchun navbatdagi sinov
Nursulton Ro‘ziboyev uchun bu jang navbatdagi yuqori bosqich hisoblanadi. Uning UFC oktagonidagi ilk ishtiroki yutuqli boshlangan va ushbu jangda ham o‘zini yana bir bor namoyon etishi kutilmoqda. Shtolsfus esa kuchli raqib sifatida tan olinadi va bunday tajribali fayterga qarshi g‘alaba o‘zbekistonlik sportchining nufuzini yanada oshiradi.
Zamin.uz tahririyati yurtdoshimiz Nursulton Ro‘ziboyevga omad tilaydi va uning har bir harakati bilan jonli tarzda qiziqib borishda davom etadi. UFC 256 – bu nafaqat jang kechasi, balki o‘z tarixini yaratish payti! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar