
Chevrolet Cobalt 2025 yilda Qirg‘izistondagi eng arzon yangi avtomobillardan biriga aylandi, deb Kursiv xabar berdi. Narxi Qirg'iziston pul birligida 1,2 million somdan ($13,9 ming) boshlanadi.
Bu mablag‘ga 6 bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi, 1,5 litrli benzin dvigateli (106 ot kuchiga ega), ikki xavfsizlik yostiqchasi, 15 dyuymli temir disklar va barabanli orqa tormozlar bilan jihozlangan yangi Cobalt 2025 modelini xarid qilish mumkin. Ishlab chiqaruvchi 3 yil yoki 100 ming km kafolat beradi.
Mahalliy yig‘ish jarayoni narxni arzonlashtirishga yordam berdi. Cobalt, shuningdek, Chevrolet Onix va Tracker modellari Chuy viloyatining Ak-Suu qishlog‘idagi zavodda yirik uzelli usulda yig‘iladi. UzAuto Motors mashinokomplektlarini yetkazib beradi, bu esa logistika va soliq xarajatlarini kamaytiradi.
Solishtirish uchun, O‘zbekistonda shunday model 146,5 million so‘mga ($11,4 ming) sotiladi, ya’ni Qirg‘izistondagi modeldan $2,5 ming arzonroq. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar