O‘zbekistonliklar uchun Germaniyada yangi ish imkoniyatlari

1 daqiqa o'qish16.3K
O‘zbekistonliklar uchun Germaniyada yangi ish imkoniyatlari
O‘zbekistonliklar Germaniyada qassob bo‘lib ishlash imkoniga ega bo‘ladi, deb NOVA24 xabar berdi. Germaniyaning The International Placement People kompaniyasi O‘zbekiston Mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda mazkur ish o‘rinlarini taklif qilmoqda. Ish haqi oyiga 1750 yevro (taxminan 25 million so‘m)ni tashkil etadi.

Nomzodlardan 18 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan jismonan sog‘lom erkaklar, kamida bir yillik ish tajribasiga ega, go‘sht bo‘lish ko‘nikmalariga ega va A2 darajasidagi nemis tili sertifikatiga ega bo‘lish talab qilinadi. Shuningdek, nomzodning diplomi Germaniyaning Anabin tizimida H+ maqomiga ega bo‘lishi kerak.

Ariza topshirish uchun nomzodlar ish joyidan ma'lumotnoma taqdim etishi lozim. Tanlovdan o‘tganlar viza, aviabilet, turar joy va ovqatlanish xarajatlarini o‘z hisobidan qoplashlari kerak bo‘ladi. Mehnat migratsiyasi agentligi bu xarajatlarning bir qismini qoplab beradi. Ish beruvchi esa aeroportdan turar joygacha bo‘lgan transferni ta'minlaydi. Ish haftasi 44 soatni tashkil etadi, sinov muddati esa 3 oy. Qo‘shimcha ravishda, nomzod agentlikka 4 BHM (1,5 million so‘m) miqdorida komissiya to‘lashi kerak bo‘ladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?