date
views 4 043

Green Card natijalari e’lon qilindi

Green Card natijalari e’lon qilindi
3 may kuni Diversity Visa - 2026 (Green Card) natijalari e’lon qilindi.

Natijani dasturining rasmiy sayti - dvprogram.state.gov sayti orqali tekshirish mumkin. Saytga anketa to‘ldirish vaqtida olingan tasdiqlovchi raqamni kiritish kerak.

Ma’lumot uchun, Green Card lotereyasi AQSHda 1990 yilgi immigratsiya to‘g‘risidagi qonunga asosan ishlab chiqilgan loyiha hisoblanadi. Ushbu lotereya g‘oliblari AQSHda yashash va ishlash huquqini beruvchi vizaga ega bo‘ladi. Lotereyani o‘tkazish, g‘oliblarni aniqlash va ularga viza berish bilan Davlat departamenti shug‘ullanadi.

Har yili 55 mingta vizaga ega chiqish uchun butun dunyo bo‘ylab 20 milliondan ko‘proq odam ariza topshiradi. Odatda g‘olib sifatida qayd etilgan ariza beruvchilarning 50 foizdan ko‘prog‘i viza bo‘yicha intervyudan o‘tgan taqdirdagina viza oladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Green Card natijalari e’lon qilindi