
Donald Tramp AQSH prezidenti lavozimini egallaganidan buyon mamlakatning xalqaro maydondagi mavqei sezilarli darajada pasayib bormoqda. Bu haqda Politico nashri 2025 yilda o‘tkazilgan “Demokratiyani idrok etish indeksi” (DPI) natijalariga asoslanib xabar berdi.
Ushbu tadqiqot 100 dan ortiq mamlakatdan 110 mingdan ziyod insonlar ishtirokida o‘tkazilgan bo‘lib, ular demokratiya, global siyosat, geosiyosiy vaziyat va yetakchi davlatlar ta’sirini qanday idrok etishlarini baholaganlar.
So‘rov natijalariga ko‘ra, dunyo aholisining ko‘pchilik qismi AQSH haqida salbiy fikrga ega ekanini bildirdi. Bunda, ayniqsa, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari aholisi orasida AQSHga nisbatan salbiy munosabat keskin oshib ketgani kuzatildi.
NATO sobiq bosh kotibi va tadqiqot mualliflaridan biri Anders Fog Rasmussen bu boradagi vaziyatdan hayratda emasligini alohida qayd etdi:
«Qo‘shma Shtatlarga nisbatan dunyodagi tasavvurlarning bunday keskin pasayishi kutilmagan hodisa emas. So‘nggi yillarda AQSHning tashqi siyosati, diplomatik munosabatlar va xalqaro kelishuvlardagi pozitsiyalari boshqa mamlakatlarda ko‘plab savollarni tug‘dirmoqda», — deydi Rasmussen.
Tadqiqotning yana bir qiziqarli natijasi — Xitoy birinchi marta global miqyosdagi obro‘ bo‘yicha AQSHdan o‘zib ketgani bo‘ldi. Respondentlarning javoblariga ko‘ra, XXR xalqaro munosabatlarda ishonchli hamkor va barqaror siyosat yurituvchi davlat sifatida qabul qilina boshlagan.
Shu bilan birga, Rossiya ham o‘z xalqaro pozitsiyasini mustahkamlashda davom etmoqda. Bu mamlakat prezidenti Vladimir Putinning siyosatini tadqiqot qatnashchilarining 32 foizi ijobiy baholadi. Ta’kidlash joizki, bu ko‘rsatkich Xitoy rahbari Si Szinpinni qo‘llab-quvvatlash darajasi bilan tenglashgan.
Shu o‘rinda Donald Trampning siyosatini ijobiy baholaganlar soni bor-yo‘g‘i 27 foizni tashkil etdi va bu AQSH rahbarining obro‘si pasayib ketayotganini yana bir bor tasdiqlamoqda.
Xalqaro siyosatdagi ekspertlar fikricha, AQSHning obro‘sining tushib ketishiga Trampning tashqi siyosatdagi keskin bayonotlari, bir qator xalqaro shartnomalardan chiqib ketishi va diplomatik muloqotlardagi ziddiyatli pozitsiyasi sabab bo‘lmoqda.
Zamin.uz tahririyati global siyosiy vaziyatni diqqat bilan kuzatib borib, muhim yangiliklar haqida tezkor ma’lumot berishda davom etadi. Biz bilan qoling! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar