15:51 / 12.08.2024
259

Jennifer Lopes va Ben Afflek nikohining bekor qilinishi tarixdagi eng qimmat ajrim bo‘lishi kutilmoqda

Jennifer Lopes va Ben Afflek nikohining bekor qilinishi tarixdagi eng qimmat ajrim bo‘lishi kutilmoqda
Ajrim jarayoni xonanda Jennifer Lopes va aktyor Ben Afflekka qimmatga tushmoqda. Gollivud yulduzlari hamkorlikdagi bir nechta reklama shartnomalarini qo‘ldan boy berdi va birgalikda xarid qilingan hashamatli uyni sotishga majbur bo‘ldi.

Foto: USA Today
Page Six ma’lumotlariga ko‘ra, Ben va Jenniferning rasman ajrashishi “tarixdagi eng qimmat ajrim” bo‘lishi kutilmoqda. Ular allaqachon “yoshlikda iz qoldirgan munosabatlarini tugatishning million dollarlik yakuniy bosqichi”ga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Umumiy mulkni bo‘lishish ishlari hozirda davom etmoqda. Bir necha yil avval bo‘lib o‘tgan hashamatli to‘y marosimi xarajatlari mazkur budjetning deyarli yarmini tashkil qiladi.

Foto: People
Jennifer ushbu kunni — oq libosda do‘stlar davrasida bo‘lish, go‘zal bezaklarga to‘la tabiat qo‘ynidagi to‘yni o‘n yildan ortiq vaqt davomida orzu qilgan”, deya ta’kidladi manba. Ma’lum bo‘lishicha, uch kunlik to‘y marosimi yulduzli juftlikka kamida sakkiz million dollarga tushgan.

Taxminlarga ko‘ra, 2003 yilda to‘yga bir kun qolganda barchasi bekor qilingan muvaffaqiyatsiz kundan keyin Ben va Jen qalbida armon qolgan, ammo yurakdagi tugallanmaganlik tuyg‘usi ularni oxir-oqibat halokatga olib keldi.

Foto: TMZ
Ben va Jey Lo tugallanmagan muhabbat hikoyasining 20 yillik tarixini qaytadan varaqladi va oxir-oqibat barchasini yakuniga yetkazdi. Endilikda ular uzoq yillik munosabatlar uchun yaratilmaganini aniq bilishadi. Ular ko‘rishlari kerak bo‘lgan barcha narsani ko‘rdilar va hammasi tugadi”, deyiladi manbada. Er-xotin avgustning oxirigacha ajrim haqida rasman e’lon qilishlari kutilmoqda.

Foto: Getty Images
Ben Afflek va Jennifer Lopes 2001 yilda tanishgan va uchrashuvdan ko‘p o‘tmay aktyor Lopesga turmush qurishni taklif qilgan. To‘y 2003 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan edi, ammo marosimga bir necha kun qolganda to‘y bekor qilindi. Oradan roppa-rosa 20 yil o‘tgach, ular munosabatlarini tikladi va bir necha oydan so‘ng yashirincha oila qurishdi.​

Женнифер Лопес, Бен Аффлек, энг қиммат ажрим

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jennifer Lopes va Ben Afflek nikohining bekor qilinishi tarixdagi eng qimmat ajrim bo‘lishi kutilmoqda