
2025 yilning 9 may sanasida Rossiya poytaxti Moskvada an’anaviy G‘alaba paradi bo‘lib o‘tadi. Kreml bu yilgi paradda ishtirok etishi kutilgan 29 davlat nomini e’lon qildi. Ular orasida dunyoda qisman tan olingan Abxaziya, Janubiy Osetiya va Falastin ham bor. Bu haqda Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, paradga chakriq olingan davlatlar orasida Markaziy Osiyo davlatlari — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston ham bor. Shuningdek, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Vetnam, Venesuela, Braziliya, Xitoy, Kuba, Misr, Mo‘g‘uliston, Myanma, Laos, Serbiya, Slovekiya, Kongo, Zimbabve, Efiopiya, Ekvatorial Gvineya, Gvineya-Bisau, Burkina-Faso, Bosniya va Gersegovina, Eritreya kabi davlatlar ham tashrif buyuradi.
Rossiya Qizil maydonidagi asosiy paradda 13 davlat harbiylari yurish qiladi. Ular quyidagilar:
- O‘zbekiston,
- Qozog‘iston,
- Qirg‘iziston,
- Tojikiston,
- Turkmaniston,
- Belarus,
- Ozarbayjon,
- Vetnam,
- Xitoy,
- Mo‘g‘uliston,
- Misr,
- Laos,
- Myanma.
Yuriy Ushakov ma’lumotiga ko‘ra, Hindiston, Janubiy Afrika Respublikasi va Nikaragua “ancha yuqori darajada” vakil bilan ishtirok etadi. Kremldan aytilishicha, paradga SHHT, MDH, YEOII, KXSHT, Islom hamkorlik tashkiloti, Afrika ittifoqi kabi yirik xalqaro tuzilmalar rahbarlari ham taklif qilingan.
Bundan tashqari, paradda AQSH va KXDR elchilari, Rossiya va Belarus ittifoqchi davlatining rahbarlari, Yangi taraqqiyot banki prezidenti, 34 davlat mudofaa vazirlari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Rossiya harbiy texnikasi, zamonaviy qurollari namoyish etiladigan ushbu paradda, Rossiya armiyasi bilan birga do‘st davlatlarning harbiy xizmatchilari ham Qizil maydonda saf tortib o‘tadi. Bunday format, Kreml uchun harbiy hamkorlik, geosiyosiy qo‘llab-quvvatlash ramzi sifatida ko‘riladi.
Siz nima deb o‘ylaysiz — bu yilgi G‘alaba paradidagi xalqaro ishtirok diplomatik ifoda bo‘ladimi yoki strategik yondoshuv?
RossiyaG‘alaba ParadXalqaro IshtirokO‘zbekistonHarbiy TexnikaKreml O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar