
Tarixdan ma’lum, Erondagi ayollar 1979 yilgi Islom inqilobida muhim ahamiyat kasb etgan. Ammo Humayniy Eron rahbari sifatida faoliyatini boshlagach, mamlakat ayollarining haq-huquqlari keskin chegaralab qo‘yildi. Qonunga ko‘ra, Eron ayoli ko‘chaga ko‘zidan boshqa hamma joyini yopib turuvchi uzun qora kiyimda bo‘lishi shart edi. Bu qonun mamlakat televideniyesida boshlovchilik qiluvchi ayollarga ham taalluqli edi. Qonunga bo‘ysunmagan ayol kaltak jazosiga mahkum etilar yoki ozodlikdan mahrum etilardi.
Hozirgi kunda ham o‘sha qonunlar deyarli saqlanib kelmoqda. Faqat hozir ayol hijobda yurishi, bo‘yanishi, sochlari, qo‘l qismlari ochiq holda bo‘lishiga ruxsat berilgan. Lekin bu eronlik ayolning haq-huquqlari yaxshilandi degani emas. Ayni paytda er-xotin ajrashadigan bo‘lsa, sudga borib o‘tirishlari shart emas. Er uch marta «Ajrashaman» degan jumlani tilga olsa bas, ayol sudga borib ajrim talab qilish huquqini avtomat tarzda yo‘qotadi. Sudda guvohlik berish masalasida esa ikki ayol guvohligi bir erkak guvohligiga tenglanadi.
Eriga xiyonat qilgan ayol o‘zining aybdor emasligini isbotlay olmasa, olomon tarafidan toshbo‘ron qilib o‘ldiriladi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar