date

Mossad uchun josuslikda ayblangan sakkiz kishi hibsda

Mossad uchun josuslikda ayblangan sakkiz kishi hibsda

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQ) davlat sirlarini ochishga uringanlikda gumon qilingan sakkiz nafar shaxsni qo‘lga oldi. Hodisa haqida Tasnim nashri xabar qilmoqda.

IIQ bayonotiga ko‘ra, ushlanganlar maxfiy obyektlar koordinatalari va yuqori martabali harbiy amaldorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Isroil razvedkasi — Mossadga o‘tkazishga harakat qilgan. Ular Eron-Isroil mojarosi keskinlashgan davrda razvedka idoralariga ma’lumot berganlikda ayblanmoqda.

Tashkilot ma’lumotlarida gumondorlar masofadan turib Mossad tomonidan maxsus tayyorlangan va rejalarini amalga oshirishdan oldin Eronning shimoli-sharqida qo‘lga olingani qayd etilgan. Qo‘lga olinganlardan bomba yasash uchun zarur bo‘lgan materiallar, portlovchi moddalar va bubi (tuzoq) qurilmalari ham topib olindi.

IIQ mazkur qo‘lga olishlarni mamlakat xavfsizligiga jiddiy tahdidni oldini olishga qaratilgan choralar sifatida baholadi va tekshiruv davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mossad uchun josuslikda ayblangan sakkiz kishi hibsda