Madagaskar prezidenti Andri Radzuelin mamlakat bo‘ylab davom etgan norozilik namoyishlari ortidan hukumat tarqatilganini e’lon qildi va uch kun ichida yangi bosh vazir tayinlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
"Men bu mamlakatda boshqaruv tizimini chuqur qayta ko‘rib chiqaman va isloh qilaman", dedi prezident xalqqa murojaatida.
Bu qaror 25 sentyabr kuni elektr va suv uzilishiga qarshi boshlangan ommaviy noroziliklar oqibatida qabul qilindi. Namoyishlar davomida 22 kishi halok bo‘lgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar