Madagaskarda elektr va suv tanqisligiga qarshi boshlangan ommaviy noroziliklar oqibatida kamida 22 kishi halok bo‘lib, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan. Bu haqda BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk ma’lum qildi.
Tashkilot bayonotida aytilishicha, o‘lganlar orasida namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari tomonidan halok bo‘lganlar hamda tartibsizliklar va talonchilik paytida qurbon bo‘lganlar bor.
Eslatib o‘tamiz, noroziliklar 25 sentyabr kuni Madagaskardagi elektr va suv yetkazib berishdagi muammolarga qarshi boshlangan va tartibsizliklarga aylangan.
Vaziyatni tinchlantirish uchun tashkil qilingan aralash milliy konferensiyada Bosh vazir Kristian Ntsay Madagaskar universiteti kampusida tinch namoyishchilar orasida qurollangan odamlar ham bo‘lganini ma’lum qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!