Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ta’kidlashicha, G‘arb ayrim siyosiy harakatlar orqali Rossiya va Qozog‘iston xalqlari o‘rtasidagi yaqin munosabatlarga putur yetkazishga urinmoqda. Biroq uning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlatni asrlar davomida bog‘lab turgan tarixiy hamkorlik va birodarlik bu kabi urinishlarni yo‘ldan qaytarib kelmoqda.
“OAV orqali xalqlar voqealar haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilib, turli urf-odat va qadriyatlarni yaqindan anglamoqda. Ammo bugungi zamonda alohida kuchlar bizning rishtalarimizni uzishga harakat qilmoqda. Ular bizga yot g‘oyalarni singdirish, avlodlar orasidagi birodarlikni zaiflashtirish niyatida. Biroq umumiy tariximiz, qon bilan qorishgan o‘tmish va umumiy qadriyatlarimiz bizga har qanday bosimga qarshi tura olish kuchini bergan”, — dedi Zaxarova Rossiya-Qozog‘iston media forumida.
Unga ko‘ra, ikki davlat o‘rtasida turli gumanitar loyihalar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jurnalistlar ham yagona axborot maydonini shakllantirish orqali ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!