date

Shaharlarda kalamushlar soni ortmoqda

Shaharlarda kalamushlar soni ortmoqda
So‘nggi yillarda yirik shaharlarda kalamushlar ko‘payib ketmoqda. Mutaxassislar bunga chiqindilar ko‘pligi, qurilish ishlari va ob-havoning isishi sabab bo‘layotganini aytmoqda. Iliq qish ularning ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Buyuk Britaniya, AQSh va Yevropaning ayrim shaharlari kalamush muammosiga duch kelmoqda. Masalan, Nyu-York va San-Fransiskoda ham ularning soni keskin oshgani qayd etilgan. Aholi zich yashaydigan joylarda vaziyat yanada og‘ir.

Kalamushlar turli kasalliklarni tarqatishi mumkin. Ular oziq-ovqatni ifloslantiradi va insonlar salomatligiga xavf tug‘diradi. Shu sababli ayrim shaharlar chiqindilarni maxsus idishlarda yig‘ish va tartibni kuchaytirmoqda.

Mutaxassislar fikricha, kalamushlarga qarshi kurashning eng samarali yo‘li shaharlarni toza saqlashdir. Chiqindilarni vaqtida olib chiqish ularning sonini kamaytirishga yordam beradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shaharlarda kalamushlar soni ortmoqda