date

Tramp-Netanyaxu uchrashuvi tafsilotlari

Tramp-Netanyaxu uchrashuvi tafsilotlari

Oq uy AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Vashingtondagi uchrashuvi tafsilotlarini oshkor qildi. Bu haqda Oq uy o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lumot berdi.

Bayonotda aytilishicha, Netanyaxu Qatar Bosh vaziri Muhammad Abdel Rahman Al-Tani bilan telefon orqali muloqotda Dohaga uyushtirilgan raketa hujumi uchun Qatardan uzr so‘ragan. Shuningdek, u Isroil XAMAS rahbariyatini nishonga olgani va Qatar suverenitetini buzganidan afsusda ekanligini ta’kidlab, bundan keyin bunday hujumlar sodir etmasligini va’da qilgan.

Qatar Bosh vaziri esa mazkur kafolatlarni olqishlab, Doha mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda hissa qo‘shishga tayyorligini bildirdi.

Tramp o‘z navbatida, ko‘p yillik ziddiyat va tushunmovchiliklardan keyin Isroil va Qatar munosabatlarini yaxshilash istagini bildirdi. Oq uy bayonotida ta’kidlanishicha, Netanyaxu va Al-Tani Trampning uch tomonlama mexanizm yaratish taklifini qabul qilib, muloqotni kuchaytirish, noroziliklarni bartaraf etish va tahdidlarning oldini olish bo‘yicha sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirishga rozi bo‘lgan.

Shuningdek, uchrashuvda AQSHning G‘azodagi urushni tugatish va Yaqin Sharqda xavfsizlikni yaxshilash rejasi ham muhokama qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp-Netanyaxu uchrashuvi tafsilotlari