
Foto: «RIA Novosti»
Sho‘ro davlati parchalanganidan so‘ng Markaziy Osiyo respublikalari iqtisodiyoti sekinlik bilan o‘smoqda. Markaziy Osiyoning besh mamlakati — O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmaniston Tyanshan tog‘laridan Kaspiy dengiziga qadar bo‘lgan hududgacha cho‘zilib ketgan. Bu mintaqada barcha narsa — ulug‘vor tog‘lar, hosildor vodiylar, foydali qazilmalar, neft va gazning ulkan zaxiralari mavjud. Bular Xitoyning xalqaro savdo yo‘llarini o‘zgartirish rejalarida muhim vazifa bajaradi.
Ko‘pgina G‘arb siyosatchilari Rossiya an’anaviy ravishda hukmronlikni egallab kelgan Markaziy Osiyoda Xitoy asosiy o‘rinni egallaydi degan fikr bor. Hozir Rossiya iqtisodiyoti turg‘unlik davrida qolar ekan, Xitoy vaziyatni qo‘ldan boy bermay, arzon iste’mol mollari, ulkan bozori va ko‘p milliardli o‘ziga jalb qiladigan avtomobil va temir yo‘llari bilan Markaziy Osiyo mamlakatlarining Moskvaga qadalgan nigohlarini Pekinga qaratish payida.
Ammo Bishkekda vaziyat boshqacha. To‘g‘ri, Xitoy Qirg‘iziston iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi, lekin Moskva ta’siri birinchi o‘rinda. Ko‘pchilik qirg‘izlar vaziyat shunday bo‘lib qolishini istaydi.
Buning sabablaridan biri shuki, Pekin sarmoya beradi, Rossiya — ish. Rossiyadan kelayotgan pul jo‘natmalari Qirg‘iziston yalpi ichki mahsulotining uchdan birini tashkil qiladi va ko‘p oilalar uchun tirikchilik imkoniyatini tashkil qiladi. Bu esa Rossiya Bishkekka boy bo‘lmagan byudjetidan hech qanday mablag‘ ajratmay ta’sir qila olishi belgisidir. Agarda Rossiya qirg‘iz ishchilarini ishlash imkoniyatidan mahrum qilgudek bo‘lsa, bu Qirg‘iziston uchun ulkan zarba bo‘ladi va siyosiy keskinlikni keltirib chiqaradi.
Rasmiy Kremlning qirg‘iz armiyasi va maxfiy xizmatlari bilan mustahkam aloqalari mavjud. Qirg‘iz matbuotining aksari rusparast bo‘lib, Kremlning propagandasini yoyadi.
Rossiya Qirg‘iziston bilan aloqalarini mustahkamlamoqda. Mart oxirida Putin Bishkekka kelib, 6 milliard dollarlik kelishuv imzolangani va rus harbiy bazasi kengaytirilishi haqida bayonot berdi. Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya Qirg‘izistonda ikkinchi harbiy bazani ochishidan manfaatdor ekanligiga sha’ma ham qildi.
Qirg‘izistonda Xitoy sarmoyasi bir xil qabul qilinmayapti. Mamlakatning Xitoydan qarzi tez o‘sib borayotgan bir vaziyatda sobiq prezident Almazbek Atambayevga yaqin siyosiy doiralar atrofidagi korrupsiyaga oid mojaro keng muhokamalarga sabab ham bo‘ldi. Qirg‘iz aholisining Xitoy kompaniyalariga qarshi chiqishlari holatlari kuzatilmoqda.
Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» rejasi ham qirg‘izlarda shubha uyg‘otmoqda. Xitoy Qirg‘iziston hududidan o‘tadigan temir yo‘l sharqdan g‘arbga qarab o‘tishini istaydi, rasmiy Bishkek esa bu temir yo‘l mamlakatning qashshoq mintaqasi — janubdan shimolga qarab o‘tishini xohlaydi.
Qolaversa, musulmon uyg‘urlarning Xitoydagi sharoiti ham Qirg‘iziston ahlining noroziligiga sabab.
Ko‘pchilik o‘ylaganidek, Xitoyning Markaziy Osiyodagi istiqboli xursand qiladigan darajada emas, ammo Rossiyaning ta’siri sezilarli. Ammo bu mintaqa uchun xavf ham tug‘diradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar