08:01 / 23.11.2019
7 302

Antarktida haqidagi qiziqarli faktlar

Antarktida haqidagi qiziqarli faktlar
1. Dunyo miqyosidagi toza suvning 60-90 foizi Antarktidaning ulkan muzliklarida joylashgan.
Antarktida muzliklari Yer yuzining katta qismini tashkil qilib, u 14 million kvadrat kilometrga yaqin tog‘ tizmalari va vodiylarni o‘z ichiga oladi. Ba’zi joylarda muz qalinligi 4 km dan oshadi - bu ko‘rsatkich Everest tog‘ining yarim balandligiga teng. Umumiy hisobda Antarktidadagi muzliklar 26,5 million kub kilometrni tashkil qiladi.

2. Antarktidani cho‘l deb ham aytishimiz mumkin.
Bu yerni asosiy qismi suv bilan qoplangan bo‘lsa, qanday qilib biz uni cho‘l deyishimiz mumkin?
Ko‘pchiligimiz cho‘llar haqida o‘ylaganimizda, ko‘z oldimizga qum tepaliklari va jazirama issiq havo keladi, ammo cho‘l issiq yoki qumli bo‘lishi shart emas, chunki cho‘lda ham ma’lum miqdorda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Yillik yog‘ingarchilik kam bo‘lgan har qanday mintaqani cho‘l deb hisoblash mumkin.
Antarktida umuman muzlik bilan qoplangan hudud bo‘lishi mumkin, ammo hozirgi qalinligiga qadar 45 million yil vaqt o‘tdi. Buning sababi Antarktidada yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. So‘nggi 30 yil ichida Janubiy qutbda yillik yog‘ingarchilik atigi bir santimetrdan oshadi.

3. Ilgari Antarktida Melburn singari issiq mintaqa edi.
Yer yuzidagi eng sovuq harorat Antarktidada 1983 yilda qayd etilganligini hisobga olsak, Antarktidani iliq va mo‘’tadil mintaqa deb tasavvur qilish qiyin. Ammo avvallari Antarktidaning katta qismi muzliklardan iborat emas edi. Aslida Antarktida bir paytlar Melburn kabi issiq mintaqa edi. Tadqiqotchilar 40-50 million yil oldin Antarktidada harorat 17° S ga teng ekanligini taxmin qilishdi. Bir qancha olimlar Antarktida bir paytlar yam-yashil o‘rmonlar bilan qoplanganligi va dinozavrlar yashaganligini isbotlovchi turli xil arxeologik izlanishlar olib borishgan.

4. Antarktidada kompas hamma vaqt shimolni ko‘rsatadi.
Ushbu mintaqada qaysi tomonda bo‘lmang kompas doim shimolni ko‘rsatadi.

5. Antarktidada muntazam ravishda vulqonlar otilishi kuzatiladi.
Antarktidadagi Erebus tog‘idagi vulqon Yerdagi ikkinchi eng faol vulqon hisoblanib, u Ross orolida joylashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Antarktida haqidagi qiziqarli faktlar