date

Tojikistonda Didal muzligi tog‘dan sirg‘alib tushdi — xavf ortmoqda

Tojikistonda Didal muzligi tog‘dan sirg‘alib tushdi — xavf ortmoqda

Tojikistonning Tojikobod tumanida joylashgan Didal muzligining katta qismi ajralib tushib, tog‘dan taxminan 5 kilometr pastga siljigan. Bu haqda mamlakat Gidrometeorologiya agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ajralgan muz bo‘lagi 1,5 kilometr uzunlikda, 200 metr kenglikda va 50 metrgacha balandlikda bo‘lgan. Mutaxassislar bu jarayonni so‘nggi haftalarda havo haroratining ortib borishi bilan izohlashmoqda.

Olimlar muzlik hali ham beqaror holatda ekani, bu esa yaqin hududlarda ko‘chki va sel xavfini oshirayotganini ta’kidlashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston hududining qariyb 93 foizini tog‘lar tashkil etadi. Mamlakatdagi 14 mingga yaqin muzlik Markaziy Osiyo suv resurslarining muhim manbai hisoblanadi. Shu bois Didal kabi yirik muzliklarda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar butun mintaqadagi ekologik barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistonda Didal muzligi tog‘dan sirg‘alib tushdi — xavf ortmoqda