Dibala Romani tark etishni xohlamoqda

Paulo Dibala “Boka Xuniors” klubiga qo'shilishni juda xohlamoqda. “Roma” bilan shartnomasini uzaytirish masalasi futbolchining yuqori maoshi sabab katta savol ostida qolgan, amaldagi kelishuv esa kelasi yozda yakunlanadi. 2022-yildan beri “Roma” safida o'ynayotgan Dibala joriy mavsumda barcha musobaqalarda to'qqizta o'yinda ikkita gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 31 yoshli argentinalik futbolchining transfer qiymati sakkiz million yevroga teng.

“Roma” jamoasi hujumchisi Paulo Dibala “Boka Xuniors” klubiga qoʻshilishni juda xohlashi haqida jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda. Manbalarga koʻra, futbolchining Rim klubi bilan shartnomasini uzaytirish masalasi uning yuqori maoshi sabab katta savol ostida.
Dibalaning “Roma” bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi, shu sababli u Argentinaga qaytish va faoliyatini “Boka Xuniors”da davom ettirishga ochiq ekanini bildirgan. Dibala 2022-yildan beri “Roma” safida oʻynab kelmoqda.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda toʻqqizta oʻyin oʻtkazib, ikki gol urgan va bitta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali maʼlumotlariga koʻra, 31 yoshli argentinalik futbolchining transfer qiymati sakkiz million yevroga teng.































Izohlar 0
…