
O‘zbekiston terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Timur Kapadze ishga qaytishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kapadze yaqin vaqt ichida Indoneziya terma jamoasini boshqarishi mumkin. Mutaxassis Indoneziya jamoasini boshqarishga tayyor ekanligini va darhol ishga kirishishini bildirgan.
"Men Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyorman. Hozirda erkinman va takliflarni kutyapman", – dedi Kapadze.
Qayd etish kerakki, Timur Kapadze O‘zbekiston terma jamoasini Srеchko Katanets sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar tufayli iste’foga chiqqanidan keyin boshqargan. Joriy yilning oktyabr oyida O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi terma jamoa bosh murabbiyi lavozimiga italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaroni tayinladi.
Kapadze bir oy davomida Kannavaroga moslashuv jarayonida yordam berdi va ushbu vazifani bajarib bo‘lgach, termadan ketdi.
Timur Kapadze Indoneziya terma jamoasini boshqarishga tayyor
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar