
Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘zining tez orada murabbiylik faoliyatiga qaytishini e’lon qildi. Fransiyalik mutaxassis 2016 yildan 2021 yilgacha "Real" jamoasini boshqarib, yorqin natijalar bilan yodda qolgan.
Ushbu davr mobaynida u ikki bor Ispaniya chempioni, uch marta Chempionlar Ligasi g‘olibi, ikki marta UYEFA Superkubogi sohibi va bir bor Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.
"Men hali ham murabbiyman va yana ishlayman. Yaqin orada, juda yaqin orada ishga qaytaman", – dedi 53 yoshli Zidan Le Parisien nashriga bergan intervyusida. Fransiyada uzoq vaqt davomida Zidanni Fransiya terma jamoasi boshqaruviga tayinlash haqida gap-so‘zlar bo‘lib kelmoqda.
Hozirgi murabbiy Dide Desham rahbarligida jamoa Jahon chempioni va turnirning kumush medali sovrindori bo‘lgan, ammo keyingi natijalar pasayishni boshlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!