06:30 / 23.02.2020
3 145

Erdo‘g‘onni rag‘batlantirayotgan AQSH hukumati

Erdo‘g‘onni rag‘batlantirayotgan AQSH hukumati
Donald Tramp Erdo‘g‘onni qo‘llab-quvvatlamoqda, chunki rasmiy Anqara Rossiyaning Suriya bo‘yicha ilgari surgan taklifini rad qildi, deb yozadi The Bloomberg nashri.
Turkiya tarafi Suriyadagi isyonchilarning so‘nggi tayanchi uchun olib borilayotgan janglar sabab Rossiya tarafiga keskin ogohlantirish berdi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyaning shimoli-g‘arbidagi Idlib viloyatida harbiy amaliyotni o‘tkazish uchun barcha tayyorgarlikni ko‘rib bo‘lgani haqida bayonot berdi. Bu viloyat «al-Qoida» diniy ekstremistik guruhining sobiq jangarilari va Turkiya qo‘llab kelayotgan Asadga qarshi jangarilar tomonidan nazorat qilinadi.

Erdo‘g‘on Anqaradagi chiqishida Idlib harbiy amaliyoti vaqti kelib albatta amalga oshishi, Idlibni rejim ta’siriga, uning tarafdorlari bo‘lgan tomonlarga tashlab qo‘ymasligi haqida gapirdi.

Turkiya tarafi Suriyada Rossiya dastaklayotgan hukumat qo‘shinlarining olg‘a siljishini to‘xtatishga urinmoqda. Chunki bu uning Idlibda turk nazoratidagi hudud tuzishiga xavf tug‘dirmoqda. Shu oyda Turkiya hukumati Idlibda o‘zining minglab harbiylarini joylashtirdi. Shunga qaramay Suriya armiyasi ruslarning havo kuchlari yordamida turk nazorat punktlarini qamal qildi. Natijada 14 turk harbiysi qurbon bo‘ldi.

Eng yomon variant
Idlibdagi butun qarama-qarshilik davomida Turkiya va Rossiya ixtiloflashayotgan taraflarni qo‘llayotgan bo‘lsada, muloqot ochiq bo‘ldi. Lekin Moskva bilan Damashqni turk qo‘shinlarining ko‘payib borayotgani to‘xtata olmadi va chorchanba kuni rasmiy Kreml Erdo‘g‘on bayonotiga javob tariqasida turklarning harbiy amaliyoti «eng yomon variant» dedi.

Aftidan, Rossiya Idlibni to‘liq bosib olish tarafdori ko‘rinadi. Bu esa Asadga Damashq va Halab o‘rtasidagi aloqani kengaytirish va 9 yillik urushda g‘alaba qozonganini e’lon qilishga imkon beradi.

Idlibdan 1-2 million qochqinning ommaviy ravishda kelishidan xavfsirayotgan Turkiya AQSH ko‘magini oldi. Garchi Tramp Merilenddagi chiqishida «Biz hozirda Idlib borasida birgalikda nima qilish mumkinligi haqida ishlayapmiz», degan bo‘lsada, Rossiyaga qarshi AQSH va NATO qanday yordam berishi mumkinligi mavhum bo‘lib qolmoqda.

Tramp Erdo‘g‘onni «zo‘r yigit» deb atadi, va Erdo‘g‘on ko‘p inson halok bo‘lishini istamaydi deb, qo‘shimcha ham qildi.
Avvalroq Erdo‘g‘on, agarda, Suriya harbiylari turk avanpostlaridan ketmasa, fevral oyi oxirida kuch ishlatishini ma’lum qilgan edi.

Suriya hukumatining Idlibga hujumi qahratonda yuz minglab kishilarni Turkiyaga ko‘chishiga sabab bo‘ldi. Hozirda Turkiya dunyodagi eng ko‘p qochoq to‘plangan hudud bo‘lib qolmoqda. Hukumat chegaralarda beton devorlar o‘rnatib, qochoqlar uchun uylar qurmoqda.

Xalab g‘arbidagi shaharlar va ko‘chirilganlar lagerlari Suriya va ruslar tomonida o‘qqa tutilmoqda. Yangi qochoqlar guruhi esa Turkiyaga boshpana izlab qochib o‘tmoqda.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdo‘g‘onni rag‘batlantirayotgan AQSH hukumati