date

Anthropic investorlarni noqonuniy aksiyalar savdosidan ogohlantirdi

Anthropic investorlarni noqonuniy aksiyalar savdosidan ogohlantirdi

Sunʼiy intellekt sohasidagi kompaniyalar aksiyalariga boʻlgan talab ortib borayotgan bir paytda, Anthropic kompaniyasi oʻz rasmiy sayti orqali muhim ogohlantirish bilan chiqdi. Kompaniya bir qator xususiy va ikkilamchi investitsiya platformalariga oʻz aksiyalarini sotish yoki sotib olish uchun ruxsat bermaganini maʼlum qildi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Xususan, Open Doors Partners, Unicorns Exchange, Pachamama Capital, Lionheart Ventures, Hiive, Forge Global, Sydecar va Upmarket kabi platformalar Anthropic aksiyalari bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishga vakolatli emas. Kompaniya bayonotiga koʻra, ushbu firmalar orqali amalga oshirilgan har qanday aksiya oldi-sotdisi haqiqiy emas deb topiladi va kompaniya reyestrida tan olinmaydi.

Forge Global vakillari esa mazkur roʻyxatga xatolik tufayli kiritilganini daʼvo qilmoqda. Kompaniya Anthropic bilan hamkorlikda ushbu maʼlumotni tuzatish ustida ishlayotganini va kompaniyaning roziligisiz hech qanday bitimlar amalga oshirmasligini taʼkidladi.

Anthropic oʻzining oddiy va imtiyozli aksiyalarini oʻtkazishda qatʼiy cheklovlar mavjudligini eslatib oʻtdi. Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanmagan har qanday transfer, shu jumladan maxsus maqsadli vositalar (SPV) orqali amalga oshirilgan bitimlar yuridik kuchga ega emas. Kompaniya investorlarni noqonuniy takliflardan ehtiyot boʻlishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Anthropic investorlarni noqonuniy aksiyalar savdosidan ogohlantirdi