date
views 2 343

Putin rus iqtisodiyotini boshqarayotganlarni siltab qo‘yishi kerakmi?

Putin rus iqtisodiyotini boshqarayotganlarni siltab qo‘yishi kerakmi?
Foto: Google Photos
O‘tgan oy Putin sust o‘sayotgan Rossiya yalpi ichki mahsulotini tezlatish maqsadida bir necha siyosatchilarni ishdan bo‘shatdi va 1,6 trillion dollarlik iqtisodiyotni boshqarayotganlar safini o‘zgartirdi, deb yozadi The Financial Times nashri.
Eski yordamchisi, amaldagi o‘rinbosari Medvedev bosh vazirlikdan ketdi, moliya vaziri esa qo‘shimcha bosh vazir o‘rinbosari mansabidan mahrum bo‘ldi.

Qat’iyatli byurokrat, yaqindagina mamlakat soliq tizimini isloh qilgan shaxs bosh vazirlik lavozimiga tayinlandi. Bundan tashqari, davlat xarajatlarini ko‘paytirishga moyil ikki yordamchi tayinlandi.

Kadrlar o‘zgarrishi ortidan, koronavirus tasir qilgan bo‘lsa-da, mamlakatning fond bozori o‘sdi. Ammo vazirlar va maslahatchilar Kreml iqtisodiy hokimiyatining yagona pishanglari emas. Davlatning eng yirik kompaniyalariga rahbarli qilayotgan, qulay o‘rnashib olgan elitani kuchliroq siltab qo‘yish samarali signal bo‘lishi mumkin.

Markaziy bank va to‘rt davlat fondi orqali Rossiya hukumati mamlakat kompaniyalarining beshtadan to‘rttasini – o‘nlab ish beruvchi, sarmoyador va kreditorlarni nazorat qiladi. Rossiyada yashab, iqtisodiyotning asosiy sohalariga xo‘jayinlik qiladigan davlat gigantlarining kreditori yoki mijozi bo‘lmaslikning iloji yo‘q.

Bu ulkan korporativ gigantlarni boshqaradigan shaxs vazirliklarning koridorlarida yuradiganlardan ko‘ra Kremlga yaqinroqdir.
Ulkan mablag‘ga ega bu kompaniyalarni boshqarayotganlarning rahbarlik muddatini hattoki vazirlar bilan emas, Rim papalari bilan qiyos qilish mumkin.

Aleksey Miller – «Gazprom» direktori. 19 yildan beri shu mansabda. 58 yoshli Miller bu mansabga Putin prezident bo‘lgach bir yil o‘tib tayinlangan. Uning ishdan bo‘shatilishi haqida mish-mishlar yuradi, ammo u hamon rahbarlik kursisida.

Igor Sechin 2012 yildan beri «Rosneft» rahbari. Bu kompaniya neft xom ashyosi ishlab chiqarish borasida dunyoda Saudi Aramco’dan keyin ikkinchi o‘rinda.
Vitaliy Savelev 2009 yildan beri «Aeroflot» kompaniyasi tizginlarini saqlab kelmoqda.

Eng yirik Rossiya banklari Sberbank, VTB rahbariyati 31 yildan beri o‘zgargani yo‘q. German Gref Sberbankni 13 yil, Andrey Kostin VTBni 2002 yildan buyon boshqarib kelmoqda.

Tabiiyki, bu shaxslarning barchasi bir umumiy xususiyat – Kremlning ishonchi va qo‘llab-quvvatlashi birlashtiradi. Shuning uchun ham ularning almashtirilishi faqatgina janob Putinga bog‘liq.

Putin barqaror o‘sishni ta’minlash niyatida ekan, bu davlat gigantlari rahbariyatini o‘zgartirishga intilishi katta ogohlantirish bo‘ladi.
Bu kompaniyalarning aksari fond bozori ro‘yxatidan o‘tgan va xususiy sarmoyadorlar e’tirof etganidek, strategik o‘zgarishlardan ko‘ra bozorlarga foydaliroq erishish daromadi afzalroq ekanini so‘zsiz tan oladi.

Guruhlar ortida qudratli iqtisodiy kuchlar turadi. Sberbank mamlakatning eng yirik chakana savdo banki, VTB eng yirik korporativ moliya beruvchi – bu kapital taqsimotida ulkan vazifani bajaradi. O‘tgan yili «Rosneft» va «Gazprom»ning birgalikdagi kapital xarajatlari 37 milliard dollarni tashkil qildi. Bu esa budjet xarajatlarining yettidan bir qismidir.

Kadrlarni o‘zgartirish ayniqsa kompaniyaning yuqori bosqichlarida kamdan kam holatdagina yangi strategiyalarni olib kelavermaydi. Boshqa tarafdan, eski rahbarlar aksar holatlarda konservatizm, qotib qolish va turg‘unlik qopqoniga tushib qoladi. Ustiga ustak, ko‘pincha ularning atrofida foydasiz, rahbarni madhlovchi maslahatchilar ham paydo bo‘lishiga olib keladi.

Nikolay Tokarev davlatga qarashli monopoliya – «Transneft»ni 2007 yildan beri boshqarib kelmoqda. 18 milliardlik kompaniyani, uning qiymati 2016 yildan beri 18 foizga pasayib ketgan bo‘lsa-da, boshqarib kelmoqda. O‘tgan yilda Yevropaga sotilgan ifloz neft ortidan kelib chiqqan nizo sababli ham u ishdan olinmadi.

Yanvardagi «tozalov» davrida ham Putin «an’anaviy» kuch ishlatar tizimlar – Mudofaa, Tashqi va Ichki ishlar vazirliklarida ham o‘zgarishlar qilmadi. Ularning rahbariyati birga qo‘shilganda 32 yildan beri vazirliklarni boshqarib kelmoqda.

Bu sohalarda o‘zgarish qilmay turib hukumatni to‘liq silkitish, mamlakatni yangi yo‘lga solish mumkin emas. Vazirlarni almashtirish boshqa narsa, ammo gigant kompaniyalarning rahbariyatini o‘zgartirish mamlakatni turg‘unlikdan chiqarishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin rus iqtisodiyotini boshqarayotganlarni siltab qo‘yishi kerakmi?
-->