20:57 / 07.03.2020
4 780

Putin iste’foga chiqadimi?

Putin iste’foga chiqadimi?
Foto: Google Photos
The Foreign Affairs nashri Putin hokimiyatdan ketishidan so‘ng Rossiyani kim boshqaradi degan savolga javob beruvchi maqola e’lon qildi. Rossiya prezidenti yaqinda konstitutsiyaga qator o‘zgartirishlar kiritishni taklif qildi va shu vaqtga qadar soliq xizmatlari boshlig‘i Mixail Mishustinni bosh vazirlikka tayinlagani vorislik haqidagi bahslarning kuchayishiga sabab bo‘ldi.

Ayrimlar Putin o‘zining to‘rtinchi va oxirgi muddati 2024 yilda tugashidan oldin iste’foga ketadi demoqda. Boshqalar esa u mamlakatni boshqarishi uchun o‘ziga yangi mansab joriy qiladi degan fikrda. Aksarlar esa shu paytgacha tanilmagan Mishustin Putinning o‘rinbosari bo‘ladi degan fikrda. Amalda esa bularning barchasi taxmin va gumonlar.

Ulkan davlat – Rossiyaning kelajakdagi taqdiri albatta ko‘pchilik uchun qiziq. Siyosatchilar, tahlilchilar Putinga, uning boyligiga, shaxsiga, reytinggi va maxfiy rejalariga katta e’tibor bilan qaraydi. Rossiyadagi qolgan siyosiy tuzilmalar ko‘pchilikning nigohidan chetda qoladi.

20 yil mobaynida hokimiyat tepasida qolayotgan Putinning eng katta yutug‘i mamlakatda byurokratiyani mustahkamlaganidir. Aynan shu Putinning merosi desa bo‘ladi. U vaqtida maoshlarni to‘ladi, budjetni o‘stirdi, mamlakat iqtisodiyotining katta qismini davlat nazoratiga oldi va amaldorlar hokimiyatini suiiste’mol qilishiga panja ortidan qaradi. Uning byurokratik apparatining eng muhim qismi – ulkan qudratga ega mudofaa, razvedka, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan iborat ko‘p boshli gidra – milliy xavfsizlik xizmatidir. Shu idoralar Putindan keyin kim hokimiyat tepasiga kelishini va Rossiyaning siyosati qanday bo‘lishini belgilaydi.

Soyadagi hukumat o‘chi
Sovet hukumati ag‘darilmasidan oldin sovet amaldorlari amerikaliklarni o‘n yillar mobaynida mudofaa, razvedka va kuch tizimlari byurokratiyasi to‘laligicha hukumatga bo‘ysunadi deb ishontirib keldi. Ehtimol, shunday ham bo‘lgandir. Lekin hozir yigirma yildan ko‘proq vaqt mobaynida Davlat xafvsizlik qo‘mitasi zobiti mamlakatni boshqarib kelganidan so‘ng ayrim o‘zgarishlarni kiritish kerak.

Putin ertaga to‘satdan yiqilib qolsa, nima bo‘lishini tasavvur qilib ko‘ring. Dastlab hokimiyat kimgadir o‘tishi konstitutsiyaga asoslangan holda boradi va bosh vazir prezident vazifasini bajaruvchi bo‘ladi. Hozirda bu shaxs Mishustindir.

90 kundan keyin 6 yil muddatga yangi prezident saylanadi. Lekin bu hammasi emas. Mishustin prezidentlik vakolatini bajarishga kirishgan zahoti unga saylovlarda yordami kerak bo‘ladigan shaxslarga darhol telefon qiladi. Ular orasida kuch tizimlarining rahbarlari bo‘lishi aniq. Rossiya tarixidan ma’lumki, hokimiyat almashinuvi yuz berganida kuch tizimlari albatta yordamga keladi.

Rossiya bu tur idoralarda o‘ziga xos «soyadagi davlat» yoki «ichkaridagi hukumat» tuzgan. Bunday idoralar Turkiya, Misr, Pokistonda ham asosiy rol o‘ynab keladi. Putinning uzoq hukmronligi davrida bu idoralar ochiq yoki qonunni aylanib o‘tib mamlakatning ulkan boyliklarini egallab olishga erishdi. Ularning qarorlari fuqaroviy idoralar tomonidan kamdan-kam rad qilindi.

Oldinda turgan kurash
Putin davrida kuchayib olgan bu tizim hokimiyat almashinuvi paytida o‘zini namoyon qiladi. Turkiya, Misr va Pokistondan farqli ravishda, Rossiya «hukumat ichidagi hukumat» yagona rahbarni ilgari sura olmaydi, chunki u tarqoqdir. Bu tarqoqlik esa hokimiyat almashunuvi kechayotgan vaqtda qonli nizolarga olib kelishi ham mumkin. Qon to‘kilmagan holatda ham yangi prezident kuch ishlatar tizimlarga katta huquq va vakolatlar berishiga to‘g‘ri keladi. Mishustin bosh vazir bo‘lishi bilanoq kuch ishlatar tizimlari xodimlarining maoshlarini oshirishdan boshlagani ham ularning dastagiga umidvorligidan va kelishuvning turli yo‘llarini paypaslab ko‘rayotganidan darak.

Yangi prezident kuch tizimlarining huquqlarini kengaytirish to‘g‘risidagi talablarni qabul qilishi mumkin. Mustaqil bo‘lish maqsadida esa turli guruhlarni bir-biriga gijgijlashi yoxud Putin 2000 yilda amalga oshirganiday hokimiyatimga xalaqit bermasangiz o‘z biznesingizni olib borishga qo‘yib beraman deyishi ham mumkin. Rossiya kelajagi qanday bo‘ladi, buni kelajak ko‘rsatadi.

Jahongir Ergashev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin iste’foga chiqadimi?