O‘zbekiston dunyodagi eng arzon internetga yaqinlashdi

2 daqiqa o'qish376
O‘zbekiston dunyodagi eng arzon internetga yaqinlashdi

O‘zbekiston internet narxlari bo‘yicha dunyo miqyosida arzon davlatlar qatoriga kirdi. Rossiyaning Federal davlat statistika xizmati ma’lumotlari va turli mamlakatlardan yig‘ilgan raqamlarga tayanadigan RIA Novosti hisobotiga ko‘ra, mamlakatimizda uy interneti oyiga o‘rtacha 11,7 dollar atrofida turmoqda.

Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonni interneti arzon mamlakatlar ro‘yxatida yuqori o‘rinlardan joylashishiga zamin yaratdi. Qiyos uchun, Hindistonda uy interneti narxi eng past bo‘lib, oyiga 7,7 dollardan hisoblanadi. Ruminiya esa 9,8 dollar bilan kuchli uchlikni yopadi. Rossiya internet arzonligi bo‘yicha yirik iqtisodiyotlar orasida ikkinchi o‘rinni egallab, oyiga o‘rtacha 8,7 dollar to‘lanishi qayd etilgan.

Shuningdek, eng arzon internet xizmatlari qatoridan Xitoy (11,3 dollar), O‘zbekiston (11,5 dollar), Qozog‘iston (12,7 dollar), Turkiya (13,8 dollar), Bolgariya (14,6 dollar) va Litva (16,5 dollar) kabi mamlakatlar ham o‘rin olgan.

Bundan tashqari, Polsha (17,2 dollar), Gruziya (17,4 dollar), Tailand (18,4 dollar), Armaniston (19,1 dollar) va Latviya (19,7 dollar) kabi davlatlar ham interneti arzon bo‘lgan top-15likni yakunlaydi.

Shu bilan birga, dunyoda internet narxlari eng qimmat bo‘lgan davlatlar ham aniqlandi. AQSH (72,1 dollar), Kanada (61,7 dollar) va Luksemburg (59,1 dollar) ro‘yxatning yuqori qismida turibdi. Ulardan keyin Belgiya (56,9 dollar), Irlandiya (55,1 dollar), Avstraliya (53,6 dollar), Germaniya (50,7 dollar), Niderlandiya (50,6 dollar), Portugaliya (43 dollar) va Janubiy Afrika (42,3 dollar) kabi mamlakatlar joy olgan.

Eng qimmat internetga ega 15 ta davlat qatoriga, shuningdek, Buyuk Britaniya (42,1 dollar), Sloveniya (40,8 dollar), Avstriya va Shvetsiya (39,9 dollardan) hamda Fransiya (35,3 dollar) ham kiritilgan.

Biroq, internet narxi faqatgina absolyut qiymati bilan emas, balki aholining daromadidan qay darajada ulush olishi bilan ham baholanadi. Masalan, Braziliyada uy interneti aholi o‘rtacha daromadining 4,1 foizini tashkil etadi, Meksikada bu ko‘rsatkich 3,8 foiz, Argentinada esa 3,65 foizni tashkil etadi. Eng past ulush esa Rossiyada (0,67 foiz), Ruminiyada (0,9 foiz) va Janubiy Koreyada (0,97 foiz) qayd etilgan.

Mutaxassislar fikricha, O‘zbekistonda internet narxlarining arzonligi raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirib, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Bu esa ta’lim, biznes va axborot almashinuvini yanada samarali qilish uchun muhim omil sifatida qayd etilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?