date

Qashqadaryoda tarixiy to‘qnashuv: “Mash’al” – “Buxoro”ga qarshi

Qashqadaryoda tarixiy to‘qnashuv: “Mash’al” – “Buxoro”ga qarshi

O‘zbek futbolining tarixiy raqobatlaridan biri — “Mash’al” va “Buxoro” to‘qnashuvi yana maydonga qaytmoqda. Qashqadaryodagi Superliga bahsi bugun soat 19:00 da start oladi. Bellashuv G‘uzor shahridagi “Markaziy” stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu ikki jamoa o‘zaro 18-marotaba kuch sinashadi. Tarixga nazar tashlasak, “Buxoro”ning “Mash’al” maydonidagi yagona g‘alabasi 2002 yilga to‘g‘ri keladi. Ordan 23 yil o‘tsa-da, bu natija takrorlanmadi. Shu paytgacha o‘tkazilgan keyingi 14 ta o‘yinda muborakliklar o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchramagan.

Shuningdek, har bir to‘qnashuvda raqobat ruhi baland bo‘lgani kuzatilgan. Jamoalar maydonda keskin va murosasiz o‘yin ko‘rsatib, muxlislarga tomoshali bellashuv taqdim etib kelgan.

Endi barcha e’tibor bugungi bahsga qaratilmoqda: “Buxoro” uzoq yillardan beri davom etayotgan noxush an’anani buzishi mumkinmi yoki “Mash’al” yana bir bor o‘z ustunligini saqlab qoladimi?

Bu savolning javobi kechqurungi o‘yindan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qashqadaryoda tarixiy to‘qnashuv: “Mash’al” – “Buxoro”ga qarshi