Havoda gaz o‘chirishni unutgan yo‘lovchi uyini katta fojeadan saqlab qoldi

1 daqiqa o'qish1.6K
Havoda gaz o‘chirishni unutgan yo‘lovchi uyini katta fojeadan saqlab qoldi

Kundalik hayotdagi eng oddiy holat ham ba’zan misli ko‘rilmagan fojeaga aylanishi mumkin. Xitoylik bir yo‘lovchi Shanxaydan Singapurga uchayotganida to‘satdan uyida gaz plitasini o‘chirishni unutgani yodiga tushgani bunga yaqqol misol bo‘ldi. Bu haqda South China Morning Post nashri xabar berdi.

Samolyot havoda bo‘lishiga qaramay, yo‘lovchi darhol xavotirga tushdi. Agar plita o‘chirilmagan bo‘lsa, uyda yong‘in chiqishi ehtimoli katta edi. U zudlik bilan ekipajdan yordam so‘radi. Komandir yo‘lovchidan uy manzili va eshikning smart qulf kodini olib, ma’lumotlarni quruqlikdagi qo‘llab-quvvatlash xizmatiga uzatdi.

Biroq dastlab mulkni boshqaruvchi kompaniya xodimlari bu xabarga ishonmay, uni firibgarlik deb o‘ylashdi. Faqat uy telefon raqamiga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilingach, tekshirish uchun mutaxassis yuborildi.

Oradan o‘n daqiqa o‘tar-o‘tmas, uydan og‘ir hid kelayotgani aniqlandi. Ichkaridan esa suvi to‘liq bug‘lanib ketgan va tuxumi kuyib, qozonga yopishib qolgan oshxona idishi topildi. Butun xonani quyuq tutun bosib ketgan edi. Kompaniya xodimlari gaz plitasini o‘chirib, derazalarni ochib shamollatish ishlarini olib borishdi. Shu tariqa, "qutqaruv operatsiyasi" 20 daqiqa ichida muvaffaqiyatli yakunlandi.

Yo‘lovchi esa Spring Airlines kompaniyasi xodimlariga minnatdorlik bildirib, ularning ogohligi va professional yordami uyini katta ofatdan asrab qolganini ta’kidladi.

Aytish kerakki, bu birinchi marta kuzatilayotgan holat emas. 2006 yilda ham Xitoydan Urumchiga uchayotgan yo‘lovchi uyida gaz plitasini o‘chirishni unutganini eslab qolgandi. O‘sha paytda uchuvchilar sun’iy yo‘ldosh telefon xizmatidan foydalanib, yo‘lovchining uyiga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lishgan. Xushxabar shunda ediki, rafiqasi telefonga javob berib, plitani o‘z vaqtida o‘chirib qo‘ygan.

Bu voqealar odamlarni yana bir bor ogohlikka chaqiradi: uydan chiqar ekansiz, hatman gaz va elektr asboblarini tekshirib chiqing. Chunki oddiy bir e’tiborsizlik hayot uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?