Kanzasda bo‘lib o‘tgan NASCAR Kubogi seriyasining pley-off ikkinchi bosqichi chog‘ida haydovchi Zeyn Smit bilan kutilmagan voqea sodir bo‘ldi. Fox Sports xabar berishicha, uning avtomobili soatiga 200 mil (320 km) tezlikda to‘siqqa urilib, bir necha yuz metr yo‘l bosib devordan oshib o‘tdi va ag'darilib ketdi.
Hodisa musobaqaning so‘nggi aylanmalaridan birida yuz berdi. Haydovchi Xanter Nemechek Smit mashinasi bilan to‘qnashuvga sababchi bo‘lib, natijada Zeyn Smitning avtomobili to‘siqqa urildi va xavfli holat yuzaga keldi.
“Bu mutlaqo jinni poyga edi, bunga shubha yo‘q. Nemechek meni butunlay yo‘q qildi. U shunchaki oldimdan o‘tib ketdi, keyin men devordan siljib chiqib ketdim”, — dedi Smit musobaqadan so‘ng.
Xushbaxtlikka, haydovchi jiddiy jarohat olmadi. Poyga NASCAR xavfsizlik xodimlari Smitni mashinaning ichidan olib chiqib, uning sog‘ligiga ishonch hosil qilgunga qadar 9 daqiqaga to‘xtatib turildi.
Eslatib o‘tamiz, bu yil boshida Gollivud yulduzi Kianu Rivz ham professional avtopoygada debyut qilgan edi. Birinchi zahotiyoq uning avtomobili trassadan chiqib ketgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!