Xitoyda 11 nafar mashhur mafiya oilasi a’zolari qatl hukmiga tortildi

1 daqiqa o'qish1.1K
Xitoyda 11 nafar mashhur mafiya oilasi a’zolari qatl hukmiga tortildi

Xitoyda sud tarixda kamdan-kam uchraydigan keskin qaror chiqardi. Myanmadagi jinoiy tarmoqlarni nazorat qilib kelgan, Minglar familiyasi bilan tanilgan mashhur mafiya oilasining 11 nafar a’zosi o‘lim jazosiga hukm qilindi. Bu haqda BBC o‘z manbalariga tayanadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ming oilasi uzoq yillar davomida Myanmaning Laukkay shahridagi qimorxona, giyohvandlik va firibgarlik markazlarini boshqarib kelgan. Ular nazorat qilgan tarmoq orqali milliardlab dollar aylanib, butun mintaqada katta xavfli qudrat shakllangan.

Biroq ikki yil avval isyonchi guruhlar shaharni egallab olgach, oila boshlig‘i o‘z joniga qasd qilgan. Shu voqeadan so‘ng, mafiya a’zolarining ko‘pchiligi Myanma hukumati tomonidan Xitoyga topshirilgan.

Venjou shahrida 29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayonida barcha aybdorlarga hukm o‘qildi. Jami 39 kishi turli jazolar olgan: 11 kishi qatl etish, 5 kishi kechiktirilgan o‘lim, 11 kishi umrbod qamoq, qolganlari esa 5 yildan 24 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi.

Sud hujjatlarida keltirilishicha, Ming oilasi 2015 yildan beri turli turdagi jinoyatlar bilan shug‘ullanib kelgan. Ular qurgan qimorxonalarda va firibgarlik markazlarida ishchilarga nisbatan shafqatsizlik qo‘llanilgan, hatto ba’zilari qiynoq ostida halok bo‘lgan.

Mutaxassislar ta’kidlaydi: bunday tarmoqlar xalqaro tashkilotlar, xususan BMT tomonidan "qalloblik industriyasi" sifatida baholanadi. Unda ko‘plab odamlar aldov yo‘li bilan tuzoqqa ilinadi va noqonuniy ishlarga majbur etiladi.

Shu bilan, Xitoy sudi chiqargan hukm nafaqat jinoyatchilarga nisbatan keskin chora sifatida, balki xalqaro hamjamiyat uchun ham signal sifatida qabul qilinmoqda — katta jinoyatlar jazosiz qolmasligi kerak.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?