
Koronavirusni yuqtirgan ba’zi bemorlar juda ko‘p antibiotiklarni qabul qilish orqali o‘zlarining ahvolini og‘irlashtirmoqda. Bu haqda hindistonlik shifokor Alok Mishra aytib o‘tdi. U ayni paytda Dog‘istondagi kasalxonalardan birida «qizil zona»da faoliyat olib bormoqda.
Mishraning aytishicha, yaqinda bir ayol kasalxonada vafot etgan. Uni bolalari uyda davolash harakat qilgan. Ayol taxminan 2-3 hafta uyda davolangan va bu vaqtda ko‘p antibiotik qabul qilgan. Antibiotiklar esa uning immunitetini ishdan chiqargan.
Shu bois shifokor 2-3 kun davomida alomatlar mavjud bo‘lsa tez yordamga murojaat qilishni tavsiya qilmoqda. Bir hafta o‘tgach, pnevmoniya belgilarini tekshirish uchun tomografiya qilish mumkin.
Mishraning so‘zlariga ko‘ra, o‘zingizga g‘amxo‘rlik qilish koronavirusni hayotga xavf tug‘dirmasdan osonroq o‘tkazishga yordam beradi.
Avvalroq, «SberZdorove» xizmatining tibbiy direktori Vladislav Muhammad Ali koronavirusning yomonlashuvi ikki to‘lqinda yuz berishini aytib o‘tgandi. Unga ko‘ra, tashxis tasdiqlanganidan so‘ng, kamida ikki hafta davomida ehtiyot bo‘lish kerak. Bu davrda harorat ko‘tarilishi yoki umumiy holat yomonlashishi mumkin. Hatto kasallik alomatlari sezilmaganda ham xotirjamlikka berilmaslik zarur. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar