
AQSH prezidenti Donald Trampning jamoatchilik orasidagi ma’qullanish darajasi sezilarli darajada pasaydi. Mustaqil SSRS kompaniyasi tomonidan CNN uchun o‘tkazilgan so‘rov natijasiga ko‘ra, amerikaliklarning atigi 37 foizi Trampning faoliyatini qo‘llab-quvvatlamoqda, 63 foiz fuqaro esa undan norozi ekanini bildirgan.
Bu ko‘rsatkich ilgari 42 foiz atrofida bo‘lgan, so‘nggi oylarda esa prezident reytingi barqaror ravishda pastlayotgani qayd etilmoqda.
Mutaxassislar fikricha, Trampga bo‘lgan ishonch ayniqsa yoshlar, keksalar hamda kam ta’minlangan aholi qatlamlari orasida keskin kamaygan. Bu holat prezidentning jamoatchilikdagi mavqeini ancha zaiflashtirgan.
Ayni paytda Trampning 34 foiz atrofidagi ma’qullanish darajasi 2021 yil 6 yanvarda Kapitoliyga qilingan hujum davridagi holatni eslatmoqda — bu uning siyosiy faoliyatidagi eng past ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
So‘nggi oylar dinamikasi ham shunday tendensiyani ko‘rsatmoqda: aprel oyida Trampni ma’qullaganlar 41 foiz bo‘lgan bo‘lsa, martda — 45 foiz, fevralning o‘rtalarida esa 47 foizni tashkil etgan.
Ekspertlar fikricha, so‘nggi reyting pasayishi Tramp siyosati va jamoatchilik kutgan natijalar o‘rtasidagi ziddiyatlar bilan izohlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!